Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijdagi auksionda Napoleonning qilichi 4,7 mln yevroga sotildi
Kimoshdi savdosi orqali sotilgan qilich Napoleonning shaxsiy quroli bo‘lgan va keyinchalik imperator uni marshal Emmanuel de Grushiga sovg‘a qilgan.
Parijda Fransiya imperatori Napoleon I Bonapartning qilichi 4,7 million yevroga sotildi. Bu haqda Hotel Drouot kimoshdi maydonchasiga tayanib, Le Figaro xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurol dastlab 700 ming yevrodan 1 million yevrogacha baholangan va u «Napoleonning auksionda sotilgan eng qimmat artefaktlaridan» biriga aylangan.
«Summa 2007 yilda 4,8 million yevroga sotilgan Marengo jangidagi qilich rekordiga yaqinlashdi», — deyiladi xabarda.
Kimoshdi savdosi orqali sotilgan qilich Napoleonning shaxsiy quroli bo‘lgan. Bonapart 1802-1803 yillarda Versal manufakturasi direktori Nikolya-Noel Butedan qurol buyurtma qilgan. Imperator bo‘lganidan keyin ham Napoleon I qilichni hukmronligining oxiriga qadar saqlagan. Keyin esa uni marshal Emmanuel de Grushiga sovg‘a qilgan. Shundan buyon qurol harbiy sarkardaning avlodlari tomonidan saqlab kelingan.
Auksionda sotilgan mazkur qilichning ikkinchi nusxasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Bonapartning parad qilichi va 5 ta to‘pponchasi 2,87 million dollarga sotilgan edi. Napoleon ushbu qurollardan 1799 yildagi davlat to‘ntaruvi vaqtida foydalangan.
Mavzuga oid
19:10 / 08.12.2021
Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi
15:05 / 18.02.2021
Kattaqo‘rg‘onda mast holatda qilich ko‘tarib yurgan fuqaro aniqlandi
10:02 / 22.11.2017
Napoleon tojini bezagan oltin barg auksiondan sotildi
10:15 / 02.01.2017