Xitoylik arxeologlar mamlakatning Xenan viloyatidagi qabrlardan birida yoşi taxminan 2300 yil bölgan, yaxşi holatda saqlanib qolgan qiliçni topişdi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi xabar bergan.
Unga köra, qiliç Sinyan şahridagi qadimiy qabrda aniqlangan. Xitoy xalqaro radiosi tomonidan taqdim etilgan videoda qiliç qanday çarxlangan bölsa, şundayligiça turganini köriş mumkin. Şuningdek, uning qini ham aniqlandi.
Taxminlarga köra, topilma Jang qilayotgan podşoliklar davriga tegişli bölib, u eramizdan avvalgi 475 yildan eramizning 221 yiliga qadar davom etgan.

















