Jahon | 19:10 / 08.12.2021
7626
2 daqiqa o‘qiladi

Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi

Foto: rockislandauction.com

AQShdagi auksionda fransuz imperatori Napoleon I Bonapartning parad qilichi va 5 ta to‘pponchasi sotildi. France24 telekanalining xabar berishicha, Napoleon ushbu qurollardan 1799 yildagi davlat to‘ntaruvi vaqtida foydalangan.  

Imperatorga tegishli qurollar Illinoys shtatida joylashgan Rock Island Auction kompaniyasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan va noma'lum kishi tomonidan 2,87 million dollarga sotib olingan.  

“Napoleon qurollarini sotib olgan odam tarixning noyob bir parchasini o‘zi bilan olib ketadi. Biz unga bunday tarixiy buyumlarni xarid qilish imkoniyatini taqdim qilganimizdan xursandmiz”, deb aytgan kompaniya prezidenti Kevin Xogan.

Qurollar Versaldagi qurol zavodi rahbari Nikolya-Noel Bute tomonidan yasalgan.

Napoleon I imperator taxtini egallaganidan keyin o‘z qilichini general Jan-Andosh Jyunoga sovg‘a qilgan. Biroq generalning xotini qarzini to‘lash uchun qilichni sotib yuborgan.

Keyinchalik qilich London muzeyida topilgan. Uning oxirgi egasi yaqinda vafot etgan amerikalik kolleksioner bo‘lgan.

Mavzuga oid