Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
Ularning olti nafari 1 may kuni Parijda kriptovaluta ortidan boyigan fuqaroni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda.
Parij va Nantda kriptotreyderlarning o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq ish doirasida 20 dan ortiq odam hibsga olindi.
Tergovga aloqador AFP manbalarining qayd etishicha, qo‘lga olinganlarning olti nafariga 1 may kuni Parijda kriptovaluta ortidan boylik to‘plagan fuqaroni o‘g‘irlash ayblovi qo‘yilgan. O‘g‘rilar bir necha million yevro miqdorida pul talab qilgan. Jabrlanuvchi Parij yaqinidagi uyda ushlab turilgan. Xavfsizlik kuchlari tomonidan 3 may kuni o‘tkazilgan reydda ushbu fuqaro qutqarilgan.
13 may kuni jinoyatchilar Paymium kriptovaluta kompaniyasi ijro direktori Per Nuazning qizi va nabirasini o‘g‘irlashga uringan. O‘tkinchi kishi tufayli odam o‘g‘irlashga urinish muvaffaqiyatsiz tugagan. U hujum qilgan shaxslarga qarshi o‘t o‘chirgichdan foydalanib, qahramonlik ko‘rsatgan. Mazkur ish bo‘yicha qo‘lga olinganlarning aniq soni oshkor etilmayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 26 may kuni Nantda kriptovaluta sanoatiga bog‘liq yana bir odam o‘g‘irlash jinoyatining oldi olingan. Hozircha hodisa tafsilotlari ma’lum emas.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026