Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
Reyting xavfsizlik darajasi, jinoyatchilik darajasi, xalqaro va ichki ziddiyatlarning yo‘qligi, boshqaruv institutlari holatini inobatga oladi.
Iqtisodiyot va tinchlik instituti tomonidan e’lon qilingan yillik Global Peace Index (GPI) reytingida O‘zbekiston 163 davlat orasida 60-o‘rinni egalladi.
GPI reytingida jinoyatchilik darajasi, ichki va tashqi ziddiyatlar mavjudligi, siyosiy barqarorlik, qurollanish darajasi, mudofaa xarajatlari va boshqa parametrlarni o‘z ichiga olgan 23 ta sifat va miqdor ko‘rsatkichlari hisobga olingan. Reyting 1 dan 5 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha tuziladi, pastroq ball esa tinchroq va xavfsizroq mamlakatni ko‘rsatadi. O‘zbekiston 1,96 ball bilan reytingning birinchi yarmidan joy oldi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston eng yaxshi o‘rinni egalladi – 59-o‘rin. Tojikiston 72-o‘rinda, Qirg‘iziston 78-o‘rinda, Turkmaniston 83-o‘rinda qayd etildi.
Boshqa possovet davlatlarida ham yaxshilanishlar, ham pozitsiyalarning pasayishi ham qayd etildi: Armaniston 66-o‘rindan 77-o‘ringa, Ozarboyjon 95-o‘rindan 106-o‘ringa, Gruziya 94-o‘rindan 100-o‘ringa tushdi.
Ukraina va Rossiya mos ravishda 159- va 156-o‘rinlarni egallab, dunyodagi xavfli davlatlar qatoriga kirdi. Reytingning eng quyi pog‘onasida davom etayotgan qurolli mojarolar, gumanitar inqiroz va siyosiy beqarorlikdan aziyat chekayotgan Yaman joylashgan.
Hisobotga ko‘ra, 2024 yilda butun dunyoda tinchlikning global darajasi yomonlashdi, o‘rtacha ko‘rsatkich 0,56 foizga pasaygan. Reyting mualliflari geosiyosiy keskinlikning o‘sishi, harbiy texnologiyalarning rivojlanishi, qurolli to‘qnashuvlar, shuningdek, ichki siyosiy va iqtisodiy inqirozlar bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvini 97 ta davlatda qayd etgan.
Eng tinch mamlakatlar beshligiga Islandiya (1-o‘rin), Irlandiya, Avstriya, Yangi Zelandiya va Singapur kirdi. Bu davlatlar xavfsizlikning yuqori darajasi, jinoyatchilik darajasining pastligi, xalqaro va ichki qarama-qarshiliklarning yo‘qligi, barqaror boshqaruv institutlari bilan ajralib turadi.
Mavzuga oid
08:30
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026
Internet eng arzon va eng qimmat bo‘lgan davlatlar reytingi e’lon qilindi
18:55 / 20.06.2026