Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi - foto
Rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jorja Meloniga prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohlik qildi.
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatning asosiy tashrif qog‘ozidir. Majmuadagi Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalari o‘zining ulug‘vorligi, boy tarixi va betakror me’morchiligi bilan mehmonlarda chuqur taassurot qoldirmoqda.


Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, me’moriy yechimlari va bezaklarining o‘ziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bog‘liq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, o‘zbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil ma’lumot berildi.
So‘ngra davlat rahbarlari Silk Road Samarkand xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘ida bo‘ldi. «Xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy san’atini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tomosha qilindi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi», — deyiladi xabarda.



Mavzuga oid
12:00 / 04.12.2025
Samarqanddan Urgutga poyezd harakatlanmoqda - bu iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
14:26 / 29.11.2025
Toshkent va Samarqand fuqarolik obektlari qurilishi bo‘yicha yetakchi hududlar bo‘ldi
18:31 / 26.11.2025
Samarqand viloyatida volfram majmuasi quriladi
18:39 / 25.11.2025