Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bolalarga g‘alati ismlar qo‘yish taqiqlandi
Yaponiyada ota-onalarning o‘z farzandlariga «kirakira» deb nomlanuvchi ismlarni qo‘yishi taqiqlandi. Bunday ismlarning ba’zilarini tushunish qiyin, ayrimlari esa «bema’ni».
Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ism tanlash bilan bog‘liq yangi qoidalar kuchga kirdi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilishicha, endi ota-onalar farzandlarining ismlarida iyerogliflardan foydalanganda rasmiy talaffuzini ham ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Ushbu qaror «kirakira» («yarqirab turgan») — ijodiy, o‘ziga xos yoki «hayratlanarli» iyerogliflar birikmasidan foydalanish amaliyotiga barham berishga qaratilgan.
Bu ismlar odatdagi o‘qilishdan farq qiladigan yoki «juda g‘alati» eshitiladigan ismlardir. Ba’zilari tushunishga qiyin yoki hatto «bema’ni» bo‘lishi mumkin. Bolalarga shaharlar yoki voqealar sharafiga ism qo‘yilgan holatlar ham bo‘lgan. Masalan, sobiq olimpiya chempioni Seyko Hasimoto o‘g‘illariga Girishiya («Gretsiya») va Torino deb ism qo‘ygan — ular Olimpiada aynan shu joylarda o‘tkazilgan yillarda tug‘ilgan.
Yaponiya hukumati yangi qoidalar ma’muriy tartib-qoidalarni soddalashtirish va ma’lumotlarni raqamlashtirish uchun zarur ekanini bildirdi. Noodatiy ismlar maktablar, shifoxonalar va boshqa davlat muassasalarida tez-tez muammolarni keltirib chiqaradi.
Masalan, ism murakkab yoki aniq bo‘lmagan iyerogliflar orqali yozilgan bo‘lsa, uni qo‘shimcha ma’lumotlarsiz to‘g‘ri o‘qib bo‘lmaydi. Bu esa hujjatlarda xatoliklarga va o‘z navbatida, bola tengdoshlari orasida kulgiga qolishiga olib keladi.
«Kirakira» ismlardan foydalanuvchi ota-onalar o‘z tanlovini ko‘pincha jamiyatda individuallikni namoyon etish bilan himoya qiladi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026