Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: AQSh qurol arsenallarini misli ko‘rilmagan darajada to‘ldirmoqda
«Biz qurol-yarog‘ni mamlakatimizda ilgari hech qachon kuzatilmagan tezlikda to‘playapmiz», deb yozdi Amerika yetakchisi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington o‘zining qurol-yarog‘ arsenalini misli ko‘rilmagan darajada to‘ldirayotganini ta’kidladi. Oq uy rahbari tegishli yozuvni 2 iyun, dushanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirdi.
«Harbiy yetakchilarimiz bilan hozirgina ajoyib suhbat bo‘ldi. Bu bizda mavjud bo‘lgan eng kuchli armiya, jumladan, qurol-yarog‘ni mamlakatimiz hech qachon ko‘rmagan darajada to‘playotganimizga aloqador», deb yozadi Amerika rahbari.
«Umid qilamanki, biz ularni hech qachon ishlatishimiz shart bo‘lmaydi!» — deya qo‘shimcha qildi u.
May oyida Vest-Poynt shahridagi (Nyu-York shtati) AQSh harbiy akademiyasida Amerika davlati rahbari Vashington gipertovushli raketalarni ishlab chiqqani va ularni «katta miqdorda» ishlab chiqarayotganini aytdi.
2024 yil 12 dekabrda Pentagon yadroviy zaryadsiz gipertovushli raketaning muvaffaqiyatli uchirilishi AQSh armiyasi tomonidan Florida shtatidagi Kanaveral burni stansiyasidan mamlakat harbiy-dengiz kuchlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgani haqida xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda bu All Up Round (AUR) tizimining ikkinchi muvaffaqiyatli integratsiyalashgan parvoz sinovi va batareyani boshqarish markazi hamda Transporter Erector uchirish moslamasidan foydalangan holda uzoq masofali gipertovushli qurol tizimining birinchi jangovar sinovidir.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026