Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mers Trampga Ukrainadagi urushni birgalikda tugatishni taklif qildi
Germaniya kansleri va AQSh prezidentining Vashingtondagi uchrashuvida Ukrainadagi urush asosiy mavzulardan biri bo‘ldi. Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni istisno qilmadi. Mers uni Kremlga ko‘proq bosim o‘tkazishga undadi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers Vashingtonga birinchi tashrifi chog‘ida AQSh prezidenti Donald Trampni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini tugatish harakatlaridagi «asosiy shaxs» deb atadi. «Biz bu urush qanchalik dahshatli ekani haqida bir fikrga keldik va uni tugatish yo‘llarini izlayapmiz», dedi u 5 iyun, payshanba kuni Oval kabinetdagi muzokaralardan so‘ng.
Mers Amerika prezidentini Rossiyaga bosimni kuchaytirishga chaqirdi va Ukrainadagi urushni tugatish uchun birgalikda harakat qilishni taklif etdi. Qo‘shma Shtatlar «bu urushni tugatish uchun juda kuchli pozitsiyada», deb tushuntirdi u. «Biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz», — deya qo‘shimcha qildi Mers.
Shu bilan birga, u Rossiya urush tajovuzkori va qo‘zg‘atuvchisi ekanligini aniq ta’kidladi. «Biz Ukraina tomonidamiz», deb ta’kidladi u hamda Germaniya va Yevropa Ittifoqi Kiyevni kuchliroq qilishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi. O‘z navbatida, Tramp bu borada aniq bir bayonot bermadi.
Germaniya kanslerini Oq uyda qabul qilar ekan, u Germaniyaning mudofaa xarajatlarini oshirishi haqida ijobiy fikr bildirdi. «Bilamanki, siz hozir mudofaa uchun ko‘proq pul sarflayapsiz va bu ijobiy holat», — dedi u.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
13:35 / 18.06.2026