Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi
«Markaziy Osiyo-Hindiston» muloqotining 4-yig‘ilishida ko‘plab kelishuvlarga erishildi.

Foto: Instagram / meaindia
6 iyun kuni Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo-Hindiston» muloqotining 4-yig‘ilishi yakuniy bayonotiga ko‘ra, Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari keng qamrovli va mustahkam sheriklik va yanada chuqur aloqa o‘rnatishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Uchrashuvda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ishtirok etdi.
Tomonlar, xususan:
- Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi moliyaviy aloqalarni, jumladan raqamli to‘lov tizimlari, banklararo aloqalarni yaxshilash va milliy valutalarda savdoni kuchaytirish;
- noyob yer va muhim foydali qazilmalarni birgalikda izlash. 2024 yil sentabr oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan «Hindiston-Markaziy Osiyo» foydali qazilmalar bo‘yicha birinchi forumi natijalarini yuqori baholab, tomonlar eng qisqa vaqt ichida ikkinchi uchrashuvni o‘tkazishga kelishib oldilar;
- Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqani kuchaytirish uchun «Shimol-Janub» xalqaro transport yo‘lagidan (INSTC) foydalanishni kengaytirish. Hindiston Markaziy Osiyo davlatlarining savdo-sotiq munosabatlarini yengillashtirish uchun Chabahor portidagi Shahid Beheshti terminalidan foydalanishdan manfaatdorligini ma’qullaydi;
- Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari idoralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, innovatsion markazlari va texnologiya korxonalari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aloqalarini kuchaytirish orqali fan va texnologiya, kosmik va innovatsiyalar sohasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash;
- Hindiston-Markaziy Osiyo raqamli hamkorlik forumini tashkil etish. Hindiston Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli davlat infratuzilmasini (DPI) rivojlantirishda yordam berishga kelishib oldi. Tomonlar jamoat salomatligi, oziq-ovqat xavfsizligi va energiya xavfsizligi kabi sohalarda innovatsion yechimlardan foydalanish uchun birgalikda ishlashga kelishib oldilar;
– sog‘liqni saqlash sohasida, jumladan, tibbiy turizm sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish. Hindistonning «Yagona Yer, yagona salomatlik» g‘oyasiga muvofiq, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va Markaziy Osiyo mamlakatlarida an’anaviy tibbiyotni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar;
- xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish maqsadida madaniy-ma’rifiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish. Vazirlar Tojikiston tomonidan Hindiston va Markaziy Osiyo madaniyat vazirlarining ikkinchi uchrashuviga mezbonlik qilish taklifini olqishladilar;
- Xalqlar o‘rtasida mustahkam aloqalarni o‘rnatish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlaridan yoshlar delegatsiyalarining Hindistonga tashrifini osonlashtirish. Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlaridan bir-birining oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar soni ko‘pligini qayd etib, vazirlar ularning farovonligini ta’minlash muhimligini ta’kidladilar;
- Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlarining milliy xavfsizlik idoralari o‘rtasida mintaqada terrorizm va boshqa muammolarga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish. Tashqi ishlar vazirlari 22 aprel kuni Pahalgam shahrida sodir etilgan teraktni so‘zsiz qoraladilar va terrorizmning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashga qat’iy sodiqligini yana bir bor ta’kidlab, BMT Xalqaro terrorizm to‘g‘risidagi keng qamrovli konvensiyasini tezroq qabul qilishga chaqirdilar.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oddiy operatordan raqamli ekotizimgacha – UZTELECOM Yangi O‘zbekiston sari
O‘zbekiston | 17:00
-
“Boshimga qop kiydirib, harbiy bo‘linmaga olib borishdi” – Rossiya armiyasiga yollangan navoiylik yigit hikoyasi
Jamiyat | 16:05
-
Tanqiddan so‘ng: TIV o‘zbek muhojirini haqoratlagan rus millatchisiga chora ko‘rishni so‘radi
O‘zbekiston | 15:40
-
Qozog‘istonda odam savdosi qurboni bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 15:35
Mavzuga oid

14:48 / 02.09.2025
Hindiston O‘zbekistonda zamonaviy tibbiyot markazi barpo etadi

08:24 / 02.09.2025
Yaponiya va Markaziy Osiyo davlatlari adliya vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

21:23 / 01.09.2025
Hindiston Ozarboyjonning ShHT a’zosi bo‘lishiga yana to‘sqinlik qildi

14:21 / 01.09.2025