Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya O‘zbekistonda avtoyo‘llar holati bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratadi
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Protasco Berhad kompaniyasi ijrochi direktori Chong Txer Vern va HCM Engineering kompaniyasi direktori Moxd Fauzi bin Yakub bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Toshkent viloyati hokimligi delegatsiyasining joriy yil aprel oyida Malayziyaga safari chog‘ida muhokama qilingan masalalar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Chong Txer Vern respublikada avtomobil yo‘llarining holati bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish, ularni ta’mirlash va saqlashda zamonaviy yechimlarni taqdim etish va kompaniya tomonidan yaratilgan innovatsion mahsulot – biobitumni ishlab chiqarishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.
Malayziya tomoni, shuningdek, Toshkent viloyatida mevalarni yetishtirish va ularni qayta ishlash, tog‘-kon sanoatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda Toshkent viloyati hokimligi va Protasco Berhad kompaniyasi o‘rtasida imzolangan qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk, telekommunikatsiya, yo‘llarni loyihalash, qurish, saqlash va ta’mirlash sohalarida o‘zaro hamkorlik qilish to‘g‘risida anglashuv memorandumi asosida ishlarni boshlashga kelishib olindi.
Shuningdek, mazkur kompaniya rahbariyati va mutaxassislaridan iborat delegatsiyaning joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga safarini uyushtirish rejalashtirildi.
Mavzuga oid
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026
Malayziya 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqladi
08:18 / 05.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva Malayziya qirolichasi bilan uchrashdi
12:54 / 02.04.2026