Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Raketalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi shug‘ullanadi.
Yaponiya Quruqlikdagi qo‘shinlari ilk bor 1000 kilometr uzoqlikdagi dengiz va yerusti nishonlarini yakson qilishga qodir yangilangan «Tip-12» raketa qurilmasini namoyish etdi.
Qayd etilishicha, namoyish 2 mingga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etgan Fuji tog‘i etagidagi jangovar o‘quv mashg‘uloti vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Yomiuri gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, raketalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish bilan Mitsubishi Heavy Industries kompaniyasi shug‘ullanadi. Ulardan quruqlikda, kemada va samolyotlarda ham foydalanish mumkin. O‘quv mashg‘uloti davomida to‘rtta raketaga mo‘ljallangan g‘ildirakli mobil uchirish qurilmasi namoyish etilgan.
Manyovrlar doirasida 50 ga yaqin tank va zirhli texnikalar, 60 ta artilleriya qurilmasi, shuningdek, 20 dan ortiq samolyot va vertolyot ishtirok etgan. Mashg‘ulotdagi otishmalar davomida qariyb 77 tonna o‘q-dori sarflangan.
«Tip-12» tizimlari 2025-moliyaviy yildan boshlab qo‘shinlarga yetkazib berilishi kutilmoqda. Birinchi navbatda ularni Kyusyu orolining janubi-g‘arbiy qismiga — Sharqiy Xitoy dengizi tomon yo‘nalgan mintaqaga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat hukumati Amerikaning Tomahawk qanotli raketalaridan 400 ta sotib olish niyatida.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026