Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya O‘zbekistonda organik mahsulotlar laboratoriyalarini ochmoqchi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mas’ul xodimlari hamda Britaniyaning Soil Association tashkiloti rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Unda mazkur tashkilot boshqaruvchi direktori Jyeyms Keshmor va standartlar bo‘yicha direktori Sara Kompson ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan mamlakatda va mintaqada organik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Britaniya tashkilotining O‘zbekistonda o‘z laboratoriyalarini ochish masalasi ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishga kelishildi. Shuningdek, O‘zbekistonda organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni sertifikatlash bo‘yicha joriy holat batafsil tahlil qilindi.
Soil Association 1946 yilda tashkil etilgan. Tashkilot organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va barqaror oziq-ovqat ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning tasarrufidagi Soil Association Certification Limited kompaniyasi Buyuk Britaniyaning eng yirik organik sertifikatlashtirish tashkiloti hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026
Fermerlarni haqoratlagan Muzrabot hokimi hayfsan oldi
11:46 / 19.06.2026