Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroil hujumlari tugamaguncha otashkesim bo‘yicha muzokaralarga tayyor emasligini ma’lum qildi
Eron hozirda Isroil tomonidan amalga oshirilayotgan hujumlar to‘xtamaguncha otashkesim bo‘yicha jiddiy muzokaralarga kirishish niyati yo‘q. Bu haqda Reuters agentligiga muzokaralar jarayonidan xabardor manba ma’lum qilgan.
Foto: Majid Asgaripour/WANA
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, Eron rasmiylari Qatar va Ummon vositachilarini mamlakat Isroilga qarshi javob amaliyotini to‘liq yakunlaguncha hech qanday muzokaralarga kirishmasligini bildirgan.
«Eronliklar Qatar va Ummon vositachilariga shunchaki ma’lumot berib qo‘ydi: ular jiddiy muzokaralarni faqat Isroilning profilaktik hujumlariga javob berilgandan keyin boshlashlari mumkin», — degan manba.
Juma kuni ertalab Isroil Eronga qarshi hujum boshlab, unda Eron harbiy qo‘mondonligidagi yuqori martabali shaxslar yo‘q qilingani va yadroviy obektlariga zarar yetkazilgani aytilgan.
Eron esa ushbu hujumlarga javoban “do‘zax eshiklarini ochish” bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
10:10 / 16.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:34 / 16.05.2026
Eron Rossiyaga uran topshirish bo‘yicha muzokaralarni tasdiqladi
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
09:30 / 15.05.2026