Bugungi kunda kollektiv Ğarbning terrorizmga nisbatan bölgan qaraşlari adolatli deb bölmaydi. Ular öz ta’sir doirasiga ololmagan davlatlardagi hukumatlarni, ayrim davlat tuzilmalarini ham terroristik taşkilot deb biladi.

Bunga yaqqol misol Afğonistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”. Ğarb davlatlari 1990-yillarda Afğonistonni aynan “Tolibon” tufayli öz ta’sir doirasidan çiqarib yuborgaç, uni terroristik taşkilot deb e’lon qiladi.

2022 yilda «Tolibon» Afğonistonda hokimiyat tepasiga kelgandan keyin ham Kollektiv Ğarb uni terroristik taşkilotlar safidan çiqarmay kelmoqda.

Afğonistonga qöşni bölgan Eronda taşkil etilgan yana bir davlat tuzilmasi – islom inqilobi muhofizlari korpusi haqida ham şunday deyiş mumkin.

Bu tuzilma ham dunyoning 40 dan ortiq davlatida terroristik taşkilot hisoblanadi. Ajablanarlisi ular orasida bir qator musulmon ölkalar ham bor.

Xöş, nega Erondagi taşkilotni Ğarb davlatlari bilan birga Saudiya va Bahrayn kabi aholisining asosiy qismi musulmon bölgan davlatlar ham terroristik taşkilot deb hisoblaydi?

Hozir Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining taşkil etilişi va u nega musulmon ölkalarda ham terroristik taşkilot deb e’lon qilingani haqida gaplaşamiz.

Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining taşkil etilişi

1978 yilda Eronda şoh tuzumiga qarşi namoyişlar boşlanadi va u yil oxirigaça turli tölqinlarda davom etadi. Öşa yili dekabrga borib namoyişlar kuçayadi.

Birgina Tehron şahri köçalariga 2 mln odam şoh Rizo Pahlaviyning iste’fosini talab qilib çiqadi. Bunday keng kölamdagi bosimga çiday olmagan şoh 1979 yil 16 yanvar kuni hokimiyatni boş vazir Şopur Baxtiyorga qoldirib, Erondan qoçib ketadi.

1979 yil 1 fevralda oyatulloh Xumayniy 15 yillik qoçqinlikdan söng Eronga qaytadi va Baxtiyorning mamlakatni birgalikda boşqariş haqidagi taklifini rad etadi.

Köp ötmay Baxtiyor ham ağdariladi va Eronda hokimiyat inqilobçilar qöliga ötadi. 11 fevral kuni Eron Islom respublikasi taşkil etilgani e’lon qilinadi.