Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi
Prezident qayd etganidek, logistika markazlari qurish uchun 2019 yilda Osiyo taraqqiyot bankidan olingan 197 million dollar bo‘yicha qayta-qayta tender o‘tkazilishiga chek qo‘yilganida, hali boshlanmagan ishga 200 ming dollar qarz foizi to‘lanmasdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti.
O‘tgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirdi, 30,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolandi.
Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya bo‘lishi, 1 sentabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha so‘zsiz ishga tushishi shartligi ta’kidlandi.
Xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘i hisobidan qurilayotgan yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qayd etilganidek, logistika markazlari qurish uchun 2019 yilda Osiyo taraqqiyot bankidan olingan 197 million dollar bo‘yicha qayta-qayta tender o‘tkazilishiga chek qo‘yilganida, hali boshlanmagan ishga 200 ming dollar qarz foizi to‘lanmasdi.
Suv, ekologiya va qishloq infratuzilmasiga jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha 6 million dollar qarz foizlari o‘z vaqtida ta’minlanganida, boshqa birorta loyiha kechikmasdi.
Mavzuga oid
19:41 / 04.07.2026
Kommunal soha bilan bog‘liq murojaatlar soni keskin ortgan – Raqobat qo‘mitasi
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026