Prezident Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişida asosiy masalaga ötişdan avval ötgan hafta yuqori saviyada taşkil etilgan beşinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi yakunlariga töxtaldi.

Qayd etilişiça, forum doirasida xorijiy hamkorlar bilan umumiy qiymati 43 milliard dollarlik 177 ta kelişuvga erişilgan.

«Har bir kelişuv loyihaga, iş örniga, yuqori qöşilgan qiymatga aylanişi şart», — dedi davlat rahbari.

Şu munosabat bilan mutasaddilarga xorijiy investorlar tomonidan ilgari surilgan 120 ta taklif yuzasidan aniq yeçimlar işlab çiqib, tegişli qarorlar kiritiş topşirildi.

Yiğilişda sönggi beş yilda mamlakatga jalb qilingan investitsiyalarning qariyb yarmi atigi törtta hudud hissasiga töğri kelgani qayd etildi. Şu bilan birga, hududlar kesimida investitsiyalarning iqtisodiyotga qaytimi sezilarli darajada farq qilişi ta’kidlandi.

Masalan, Farğona viloyatida har 1 million söm investitsiya yalpi hududiy mahsulotga qöşimça 273 ming sömlik qiymat qöşayotgan bölsa, Samarqand viloyatida bu körsatkiç 262 ming sömni taşkil etmoqda. Buxoro viloyatida esa mazkur raqam 117 ming söm bölib, investitsiya samaradorligi boşqa ayrim hududlarga nisbatan ikki baravar pastligi qayd etildi.

Şu bois prezident tarmoq rahbarlari va hokimlar investitsiyalarni jalb qilişda sifat va samaradorlikka asoslangan yangi yondaşuvni yölga qöyişi lozimligini ta’kidladi.

Bu maqsadda iqtisodiyotning 12 ta tarmoğiga 14 ta «aql markazi», şuningdek, 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliy ta’lim muassasasi biriktirildi.

Ularga har bir hududning iqtisodiy salohiyatini tahlil qiliş, yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan loyihalarni şakllantiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va kadrlar tayyorlaş böyiça takliflar işlab çiqiş vazifasi yuklatildi.