Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtiriladi
“Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, davlat xaridlarini amalga oshirishda "yashil" davlat xaridlari tizimi joriy etiladi hamda "yashil" davlat xaridlari ulushi 2030 yilgacha bosqichma-bosqich 30 foizga yetkaziladi.
2026 yil 1 yanvardan davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritiladi.
Bunda:
- ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to‘plangan ballarning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball beriladi;
- ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, davlat buyurtmachilarining 2026 yil uchun davlat xaridi bilan bog‘liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, ushbu ko‘rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘rishi belgilandi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026