12 kun davom etgan Isroil–Eron uruşida Isroilning mudofaasi köpçilik öylaganidek mustahkam emasligi ma’lum böldi. Netanyahu xalqiga katta va’dalar bergan edi, lekin u Tehrondagi hokimiyatni yiqitolmadi. Uruşdan Eron ham saboq çiqardi. Siyosiy tahlilçilar Şuhrat Rasul va Farhod Karimov Kun.uz studiyasida şu kabi xulosalari bilan bölişdi.

Şuhrat Rasul: Eron bölajak muzokaralarda biroz ustunlikka erişişi mumkin. Sababi şu paytgaça Ğarb bilan faqatgina uranni qay darajada boyitiş masalasi muhokama qilingan bölsa, mamlakat endi AEXA nazoratidan çiqib ketdi. Taşkilot bu masalani nazorat qilişi uçun ham Eronning qayta a’zo böliş masalasi muhokamaning asosiy nuqtasiga aylanadi. Eron AEXAga qaytişi evaziga qöşimça talablar qöyişi mumkin.

Undan taşqari, AQŞ Eronga tinçlik yölida uranni boyitişga ruxsat bersa kerak, Eronning eng yaqin strategik ittifoqçisi Rossiya yoki Xitoy ham Eronning uranni qurol darajasida boyitiş tarafdori emas edi. Lekin Eron yana şu masalada muzokaralarga qaytsa, özining şartlarini ilgari suriş imkoniyatiga ega böladi.

Isroil davlat sifatida taşkil topganidan beri öz tarixida biror marotaba uruşlarda yengilmagan edi. Hatto bir özi bir neçta arab davlatlariga qarşi uruşganda ham yengib çiqqan edi. Bu galgi uruşda esa Isroil şaharlari avval kuzatilmagan darajada katta zarar kördi.

Farhod Karimov: Ikki davlat ham katta zarar kördi, Isroilning havodan mudofaa tizimlari afsonaviy emasligi va Eronning ham salohiyati yetarli ekani namoyon böldi.

Undan taşqari, Eron jamiyatida iqtisodiy zöriqiş va hukumatga nisbatan norozilik holati yuqori edi. Aynan Isroil bilan bölgan mana şu qisqa muddatli uruş Eron hamjamiyatini qaytadan birlaştirdi. Xominaiy hukumatining legitimligi ança mustahkamlangandek körindi. Hattoki muxolif guruhlar ham bu uruşni oqlagani yöq va Eronning hududiy yaxlitligini ta’minlaş haqida gapirdi.

Eron bu uruşdan katta saboq oldi, endi mamlakat taşqarisidagi guruhlarni emas, öz içki mudofaa tizimini mustahkamlaşga e’tibor qaratsa kerak.

Netanyahu esa Isroil xalqiga katta va’dalar bergan edi, lekin u aytganidek Eronning yadro loyihasi töliq yöq qilinmadi, mamlakatda siyosiy boşqaruv özgarmadi. Agar Netanyahu yangi biror narsani öylab topmasa, unga nisbatan oçilgan sud işlari yana faollaşadi.

***

Suhbat davomida Isroil–Eron uruşida AQŞ omili va mintaqa atrofidagi joriy vaziyat ham muhokama qilindi. Suhbatni töliq holda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.