Jurnalist Şokir Şaripov qisqa videoessesida şu va boşqa misollarga işora qilib, vazirlarning vazifasi – biror masalani prezident tilga olgandagina jonlaniş emas, balki mamlakat oldida turgan keng miqyosdagi çaqiriqlarni anglaş va şunga binoan harakat qiliş ekanini aytadi.
Mamlakatning yarmini aylanib, millonlab dollar sarflangan issiqxonalarning holini körsatdik. Vazirlar bu manzaraga qança e’tibor qildi deysizmi? Nol. Prezident biron narsa deyişini kutişmoqda şekilli. Unda vazirlarning nima keragi bor?
Bir neça yil avval çorvaçilik inqirozga qarab ketyapti, deb nido qilgan edik. Natijasi esa – sohadagi kamçiliklarni gapirgan çorvadorning tahdidlar ila oğzini yopiş böldi. (Tahdidçilar, tahdidning yangi porsiyasini bu çorvadorning boşiga yoğdiriş uçun yana yugurib bormangizlar yoniga, u menga şikoyat qilgani yöq. Bu körsatuv ança avval çiqqan va bu – xotira).
Darvoqe, muammoni gapirganning oğzini yopiş, undan öç oliş mahalliy idoralarning odatiga aylandi, va bu “amaliyot” tobora avjiga çiqmoqda.
Bu holda qanday rivojlanamiz, muammolar oğizlarni yopiş bilan “hal qilinadigan” bölsa...
Mana endi göşt qimmatlab ketdi, import bilan töldiryapmiz bozorni. Mayli, hozirça import göşt yeb turarmiz, kelajakda import qimmatlab ketsa yoki geosiyosiy vaziyat özgarib, yöllar yopilib qolsa yoki boşqa biron iş sodir bölsa nima qilamiz, özimizniki mavjud bölmagan şaroitda?
Vazirlar bu haqda öylaydimi yo prezident biron narsa deyişi kerakmi?
Köp yillardan beri faqat erkin dehqon qişloq xöjaligini oyoqqa turğazişini aytib kelyapmiz. Birgina özim bu haqda 77 marta çiqiş qilgan ekanman: maqolalar, körsatuvlar, intervyular, hujjatli filmlar va hatto multfilmlar orqali.
Lekin butun rivojlangan dunyo tajribasini körsatsak ham bizda hamon fermerlar huquqsiz – özini himoya qilişga imkon berilmagan. Mahalliy idoralar qişloq xöjaligi sohasini soğin sigigiriga aylantirib olgan. Vazirlar nimani kutişyapti?
Dunyodagi vaziyat bizga şuni tuşuntiryaptiki, özingdan boşqa dösting yöq – har lahzada senga orqa ögirişlari va muammolaring bilan yakkama-yakka qoldirişlari mumkin.
Har bir millat avvalo öziga suyanişi kerakligini, tahlikali dunyoda yaşab qoliş uçun özida barça imkoniyatlar mavjud bölişi kerakligini tuşuntiryapti bizga voqelik. Özimizning issiqxonalarimiz ham bölişi kerak, çorvaçiligimiz ham.
















