Etihad Airways Özbekistonga parvozlarni yölga qöyadi. Markaziy bankning banklarda tekşiriş ötkaziş tartibi özgaradi. Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan uşlandi. Özbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelişi kutilmoqda. Kun davomida Kun.uz yoritgan şu va boşqa muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Özbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib kelişi kutilmoqda

Joriy yilning 17-19 iyul kunlari Özbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelişi kutilmoqda.

17 iyulda respublika şimolida, janubida va çöl hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati +40...+43 darajagaça, janubda va çöl hududlarda ba’zi joylarda +44...+45 darajagaça kötariladi.

Respublika böyiça şamol tezligi 13-18 metr/soniyagaça kuçayişi, ba’zi joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi kutilmoqda.

Etihad Airways Özbekistonga parvozlarni yölga qöyadi

Etihad Airways aviakompaniyasi BAA poytaxti Abu-Dabi şahridan Fors körfazi, Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi yettita yangi yönaliş böyiça parvozlarni yölga qöyişni rejalaştirmoqda.

Jumladan, Abu-Dabida joylaşgan aviakompaniya Olmaota, Boku, Buxarest, Madina, Tbilisi, Toşkent va Yerevanga parvozlarni yölga qöyadi.

Çiptalar bir neça kun içida sotuvga çiqariladi, reyslar 2026 yil mart oyida boşlanadi.

Bu e’lon Vengriyaning Wizz Air budjetli aviakompaniyasi Abu-Dabidagi faoliyatini töxtatayotgani, şu sababli, köplab yönalişlardagi aviaqatnovlar, jumladan, Toşkent va Samarqandga parvozlar töxtatilişini ma’lum qilganidan bir kun ötib yangradi.

Ma’lumot uçun, Etihad Airways 2025 yil birinçi yarmida 10,2 million yölovçini taşigan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 17 foiz köp.

Markaziy bankning banklarda tekşiriş ötkaziş tartibi özgaradi

Markaziy bank tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiladi.

Banklar va ularning filiallari faoliyatiga xos tavakkalçilikni baholaş, iqtisodiy normativlarga rioya qilinişi, ularga belgilangan me’yorlarning töğri hisoblanişi ahvolini tekşiriş amalga oşiriladi. Bunda taşqi omillarning bank moliyaviy holatiga ta’siri aniqlanadi hamda bank kapitali, aktivlari sifati, boşqaruvi, daromadlari hamda likvidliligi tekşiriladi.