Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AEXA bilan hamkorlikni to‘xtatdi
Eron parlamenti Atom energiyasi xalqaro agentligi bilan hamkorlikni to‘xtatuvchi qonunni ma’qulladi. Hujjat AEXA inspektorlarining mamlakatga kirishini taqiqlaydi.

Foto: Icana News Agency via ZUMA Press/picture alliance
Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bilan hamkorlikni vaqtincha to‘xtatmoqda. 25 iyun, chorshanba kuni tegishli qonun loyihasi Tehrondagi bir palatali parlament – Majlis tomonidan ma’qullandi, deb xabar berdi IRIB davlat telekanali.
Eronning Mehr axborot agentligi yozishicha, yig‘ilishda qatnashgan 223 deputatdan 221 nafari hujjatni qo‘llab-quvvatlagan. Qonun loyihasi Islom Respublikasi hukumatiga xalqaro yadroviy tartibga soluvchi organ bilan hamkorlikni to‘xtatish majburiyatini yuklaydi. Eron parlamenti prezidiumi matbuot kotibi Alirizo Salimiy ISNA agentligiga ma’lum qilishicha, agar Eron yadro inshootlari xavfsizligi va tinch yadroviy faoliyati kafolatlanmasa, AEXA xodimlari tekshiruv o‘tkazish uchun mamlakatga kira olmaydi.
Qonun loyihasi hali Konstitutsiya muhofizlari kengashi va Xavfsizlik kengashi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Avvalroq Majlis raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf bu chora AEXAning «siyosiylashgan pozitsiyasi» bilan bog‘liq, deb tushuntirgan edi. U tashkilotni o‘z majburiyatlarini bajara olmay, «siyosiy vosita»ga aylanib qolganlikda aybladi.
Avvalroq AEXA rahbari Rafael Grossi boyitilgan uran zaxiralarini tekshirish uchun Eron yadro inshootlariga kirishni talab qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil Eronga qarshi urush boshlagan kuni Tehron maktubida AEXAga «yadroviy asbob-uskunalar va yadroviy materiallarni himoya qilish bo‘yicha maxsus choralar» ko‘rilgani haqida ma’lum qilgan. Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda endi Eronning uchta yadroviy obektlaridan biri — Fordoda «kraterlar» borligini ko‘rish mumkin. Amaldagi portlovchi moddalar va «sentrifugalarning tebranishlarga sezgirligi» hisobga olinsa, jiddiy zarar kutilmoqda, ammo hozircha hech kim zararni to‘liq baholay olmaydi, deya qo‘shimcha qildi u.
Isroil 13 iyun kuni Eron bilan urush boshladi, bu, uning bayonotlariga ko‘ra, Eronning «ilg‘or yadroviy dasturini» to‘xtatish uchun qilingan va o‘shandan beri boshqa narsalar qatorida mamlakatdagi yadroviy va harbiy obektlar bombardimon qilindi. 22 iyunga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Eron-Isroil mojarosiga aralashib, Eronning uchta yadroviy obekti – Fordo, Natanz va Isfahonga havodan zarbalar berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp xalqqa murojaatida Tehrondagi uranni boyitish bo‘yicha asosiy obektlar butunlay vayron qilinganini aytdi.
Eron davlat televideniyesi rahbari o‘rinbosari Hasan Abediniy shu kuni kechqurun Eron hukumati Qo‘shma Shtatlar bir muncha vaqt oldin zarba bergan barcha uchta yadroviy inshootni evakuatsiya qilganini aytdi. «Boyitilgan uran zaxiralari yadro markazlaridan olib chiqildi va u yerda, agar nishonga olinganida, radiatsiya keltirib chiqarishi va vatandoshlarimizga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan materiallar qolmagan», — dedi u. 24 iyun kuni Tehron yadroviy dasturini davom ettirishi mumkinligiga ishonch bildirdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:08
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
Mavzuga oid

22:28 / 13.07.2025
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025