Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘ldirilgani tasdiqlandi
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Ali Shodmoni o‘ldirilganini tasdiqladi. Isroil tomonidan uning o‘limi haqida 17 iyunda xabar bergandi.
«Xatam-al-Anbiya» markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Shodmoni Isroil tomonidan berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda idora bayonotiga tayanib, Mehr agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shodmoni o‘tgan hafta og‘ir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
Isroil Ali Shodmoni o‘ldirilgani haqida 17 iyun kuni xabar bergandi. TSAHALga ko‘ra, u Eron oliy rahnamosiga yaqin insonlardan. Eron Bosh shtabining oldingi boshlig‘i general Muhammad Bag‘iriy 13 iyunga o‘tar kechasi berilgan zarbalar oqibatida halok bo‘lgan edi.
Shodmoni Eron armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i, shuningdek, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan. U 13 iyun kuni o‘zidan oldingi rahbar — G‘ulom Ali Rashid o‘ldirilganidan keyin lavozimga tayinlangan edi.
Shtabga rahbarlik qilishdan oldin Shodmoni «Xatam al-Anbiya» qo‘mondoni o‘rinbosari va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi Tezkor boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan. «Xatam al-Anbiya» jangovar harakatlarga rahbarlik qilish va Eronning o‘t ochishni amalga oshirish bilan bog‘liq rejalarini tasdiqlashga mas’ul.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026