Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi Rossiya va Ukrainani muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi
Marko Rubio AQSh nega Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlamayotganini ham tushuntirdi.
Foto: AP
Vashington Rossiya va Ukrainani ikki davlat o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishga chaqirishda davom etmoqda. Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio NATOning Haagadagi sammiti chog‘ida Politico nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Diplomatga ko‘ra, joriy yil boshidan beri janglarda 80 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lgan, Ukrainaning yo‘qotishlari esa nisbatan kamroq.
«Biz bu mojaroga barham berishga intilyapmiz. Biroq bu qonli, buzg‘unchi va ma’nosiz urush taraflari hali oldinga siljish istagini ko‘rsatgani yo‘q. Shu munosabat bilan biz muzokaralarga chaqirishda davom etamiz», — dedi Rubio.
Davlat kotibi, shuningdek, AQSh nega Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini qo‘llab-quvvatlamayotganini tushuntirdi. Unga ko‘ra, agar Rossiya Federatsiyasiga nisbatan cheklovlar kuchaytirilsa, Vashington Rossiya bilan muloqot qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
«Agar biz bu yerda hamma xohlagan narsani qilsak, ya’ni ularga qarshi yangi sanksiyalar kiritsak, keyin ular bilan sulh haqida gaplasha olmaymiz. Xo‘sh, shundan so‘ng ular bilan kim gaplashadi?» - Amerika diplomatiyasi rahbari.
Mavzuga oid
22:58 / 02.01.2026
Tramp sog‘lig‘i a’lo darajada ekanini aytdi
20:09 / 02.01.2026
Eron rasmiylari Trampni Tehronga tahdidlari uchun tanqid qildi
19:10 / 02.01.2026
Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisining yangi rahbari bo‘ladi
19:02 / 02.01.2026