Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada foydalanuvchilarga dipfeyklarga qarshi kurashish huquqi beriladi
Mamlakatda mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritiladi. Bu orqali har bir insonga uning o‘z tanasi, ovozi, yuz tuzilishi ustidan mualliflik huquqini beriladi.
Daniya hukumati neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan dipfeyklar — soxta videolar, foto va inson ovozlariga qarshi kurashning noodatiy usulini topdi. Hukumat mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kirishni va har bir insonga uning tanasi, ovozi, yuz tuzilishi ustidan mualliflik huquqini berishni tavsiya etmoqda.
The Guardian’ning yozishicha, qonunga tuzatishlar kiritish borasidagi taklif yozgi tanaffusga qadar parlament muhokamasiga kiritiladi, kuzda esa tuzatishning o‘zi taqdim etiladi.
Daniya madaniyat vaziri Yakob Engel-Shmittning ma’lum qilishicha, ushbu qadam orqali ular «har bir inson o‘z tanasi, ovozi va yuz tuzilishiga egalik qilishi bo‘yicha aniq signalni yubormoqda». Engel-Shmittning so‘zlariga ko‘ra, u «odamlarni raqamli nusxalash mashinasidan o‘tkazish, so‘ng buni turli maqsadlarda suiiste’mol qilishlariga» ko‘nishga tayyor emas. Qonunga kiritiladigan tuzatishlar ma’qullansa, daniyaliklarda onlayn platformalardan o‘zlari bilan bog‘liq dipfeyklarni o‘chirishni talab qilish huquqi paydo bo‘ladi.
Vazirning ta’kidlashicha, ushbu tartib-qoidani buzgan onlayn platformalar «jiddiy jarima»ga tortiladi. Shuningdek, muallif roziligisiz san’at asarlarining «realistik raqamli nusxalarini»ni chop etish va tarqatish ham taqiqlanadi. Shu bilan birga, ushbu o‘zgarishlar parodiya va satiraga taalluqli emas. Daniya hukumati bu kabi qonunlar Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham paydo bo‘lishiga umid qilyapti.
Mavzuga oid
23:52 / 07.06.2026
Eriksen yana o‘yin vaqtida hushidan ketdi
14:25 / 24.03.2026
Daniyada saylovlar: Grenlandiya atrofidagi ziddiyat siyosat markazida
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
23:08 / 23.02.2026