Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq ma’muriyatchiligi takomillashtiriladi
2025 yil 26 iyun kuni imzolangan yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari Suv hisobi axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to‘lovchining boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yanada soddalashtirildi.
Unga ko‘ra, boshqa soliqlar bo‘yicha kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish soliq to‘lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko‘ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.
Mavzuga oid
11:45 / 17.06.2026
Soliq oliy maktabida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari ochiladi
19:40 / 09.06.2026
«Soliq» ilovasidagi keshbek mablag‘larini daraxt ekishga yo‘naltirish imkoniyati paydo bo‘ldi
09:18 / 29.04.2026
Sirdaryoda soliqchi pora sifatida tilla taqinchoq olganda ushlandi
19:05 / 26.04.2026