O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
22142
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

Xizmat tekshiruvi natijasida, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari Malibu rusumli transport vositasining qoidabuzarliklarini bekor qilib kelgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida Malibu-2 rusumli transport vositasi tomonidan sodir etilgan yuzdan ortiq qoidabuzarliklar asossiz bekor qilib kelingani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan muqaddam fuqaro O‘.A. arizasiga asosan Farg‘ona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Natijada, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasining besh nafar xodimiga nisbatan intizomiy jazo tayinlangan.

Shuningdek, Malibu-2 rusumli 40 081 SBA davlat raqamli avtotransport vositasida sodir etilgan barcha qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar belgilangan tartibda undirilgan.

Mavzuga oid