Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi
Donald Tramp ma’muriyati faol ravishda hibsda saqlash markazlari bilan shartnomalar imzolab, mamlakatdan 1 millionga yaqin noqonuniy migrantni chiqarib yuborish niyatida.
Donald Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarni hibsda saqlash uchun mo‘ljallangan joylar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda. Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, prezident inauguratsiyasidan beri qo‘shimcha 60 taga yaqin qamoqxona va axloq tuzatish muassasasi migrantlarni qabul qilishga rozi bo‘lgan. Bu mingrantlarni saqlash uchun yana minglab yangi o‘rinlar demak.
Qayd etilishicha, Federal byuroning beshta axloq tuzatish muassasasi, CoreCivic ca GEO Group kabi xususiy pudratchilar nazoratidagi to‘rtta qamoqxona, shuningdek, Guantanamodagi AQSh harbiy-dengiz bazasida joylashgan ikkita qamoqxona bunday muassasalar qatoriga kiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 maydan 9 iyunga qadar ularda o‘rtacha har kuni 5,6 mingga yaqin odam saqlangan.
Donald Tramp ma’muriyati faol ravishda hibsda saqlash markazlari bilan shartnomalar imzolab, mamlakatdan 1 millionga yaqin noqonuniy migrantni chiqarib yuborish niyatida. Ta’kidlanishicha, imzolangan yangi shartnomalar tufayli AQSh migratsiya xizmati bir vaqtning o‘zida 59 ming kishini hibsda saqlay oladi.
Mavzuga oid
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026