Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi
Sud uni uch odamni qasddan o‘ldirganlikda aybdor deb topdi.
Hakamlar hay’ati avstraliyalik ayol Erin Pattersonni uch kishini qasddan o‘ldirganlikda va yana bir kishini o‘ldirishga urinishda aybdor deb topdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2023 yil yozida Patterson sobiq erining ota-onasini, uning xolasi va uning erini kechki ovqatga taklif qilgan va ularga go‘shtli/qo‘ziqorinli taom bergan. Keyinchalik, sobiq erining ota-onasi va xolasi zaharlanishdan vafot etgan, biroq shifokorlar xolasining eri hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, Pattersonning sobiq eri ham kechki ovqatga taklif qilingan, biroq u kelmagan.

Ma’lum qilinishicha, Patterson va sobiq eri o‘rtasida aliment bo‘yicha ziddiyat bo‘lgan. Ayol erining ota-onasidan yordam kutgan, biroq, ular mojaroga aralashmagan.
Pattersonning advokatlari sudda zaharli qo‘ziqorinlar taomga tasodifan tushib qolganini va unda qotillik niyati bo‘lmaganini ta’kidladi.
Hakamlar hay’ati o‘z qarorini qabul qilish uchun olti kun muhokama o‘tkazdi. Endi Pattersonga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda, hukm keyinroq e’lon qilinadi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026