Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Boku shahrida O‘zbekiston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi o‘tkazildi.
Foto: "Dunyo" AA
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmonov va Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Samir Sharifov rahbarlik qildi.
Muzokaralar davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama kun tartibining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni oliy va yuqori darajalarda yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi tashriflar almashinuvi masalalarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyhun Bayramov tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026