Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Britaniya yadroviy tiyib turish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi
Hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi uchun favqulodda tahdid yuzaga kelsa, London va Parij birgalikda yadro qurolini qo‘llaydi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron har ikki mamlakatning yadroviy tiyib turish vositalari mustaqil ekani, ammo bir-biri bilan muvofiqlashtirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Starmer qo‘shma matbuot anjumani vaqtida ma’lum qildi.
«Bugun ertalab biz birinchi marta yadroviy tiyib turish bo‘yicha mustaqil kuchlarimizni muvofiqlashtiruvchi deklaratsiyani imzoladik», — dedi Britaniya bosh vaziri. Hujjatga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi uchun favqulodda tahdid yuzaga kelsa, London va Parij birgalikda yadro qurolini qo‘llaydi.
Buyuk Britaniya hukumati kuni kecha rasmiy saytida bitim imzolanishi kutilayotganini e’lon qilgandi. Press-relizda ta’kidlanishicha, ikki mamlakat o‘rtasida yadroviy tadqiqot sohasidagi hamkorlik chuqurlashadi, bu esa yadroviy qurollarni tarqatmaslikning xalqaro rejimini birgalikda qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
08:59 / 15.06.2026