Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida 16 iyul kuni yoqilg‘i saqlash rezervuaridagi yong‘inda 4 nafar fuqaro vafot etdi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 14:40 atrofida Oltindala mahallasida joylashgan aholiga gaz to‘ldirish stansiyasi hududidagi yoqilg‘i saqlash rezervuarida chaqnash va undan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:00 da o‘rab olingan va soat 15:35 da to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 4 kishi vafot etgan.
Xabarda texnogen avariya sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Ta’kidlanishicha, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori boshchiligidagi bir guruh tajribali mutaxassislar yuborilgan.











