Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida yetkazilgan zarar 600 mlrd so‘mdan oshdi
Tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2025 yilda 1394 ta iste’molchi tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi, deb xabar berdi «O‘zenergoinspeksiya».
Qayd qilinishicha, 118,8 mln metr kub tabiiy gaz (294,8 mlrd so‘m) va 197,1 mln kilovatt·soat elektr energiyasidan (327,5 mlrd so‘m) noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga jami 622,4 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.
2023-2025 yillarda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirlari natijasida 182 ta holatda 457,8 mln metr kub, ya’ni qiymati 755,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu 91 mingdan ortiq xonadonning iste’moliga teng.
Ta’kidlanishicha, qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
21:35 / 20.05.2026