Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi turizm elchisi tayinlandi
Belgiya poytaxtida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlikning borishiga bag‘ishlangan maxsus tadbir bo‘lib o‘tdi.
Foto: "Dunyo" AA
Unda sayyohlik salohiyati taqdim etildi va O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi turizm bo‘yicha elchisi etib tayinlangan Antonio Buskardini tanishtirildi.
O‘zbekiston diplomatlari o‘z ma’ruzalarida so‘nggi 40 yil ichida birinchi marta Parijdan tashqarida bo‘lib o‘tadigan YuNeSKO Bosh konferensiyasining muhim xalqaro ahamiyati haqida to‘xtaldi. Asrlar davomida muloqot, bag‘rikenglik va ochiqlik ramzi bo‘lib kelgan qadimiy Samarqand shahrida bunday nufuzli tadbirning o‘tkazilishining muhimligi ta’kidlandi.
Hukumat tomonidan bosh vazir raisligida tashkiliy qo‘mita tuzilgani, "yashil" yechimlar rejasi amalga oshirilgani, viza tartib-taomillari soddalashtirilgani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston bo‘lajak tadbirga xalqaro hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash, jumladan, yoshlarni rivojlantirish, ta’lim va merosni asrab-avaylash sohalarida uzoq muddatli sarmoya sifatida qarashi aytib o‘tildi.
Respublikaning madaniy diplomatiya va barqaror turizmning yangi markazi sifatidagi muhim roliga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston dunyoning yetakchi universitetlarida tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallaganiga urg‘u berildi. Madaniy merosni muhofaza qilish va ommalashtirish sohasidagi siyosat, jumladan, Parij, Berlin, Venetsiya va Yevropaning boshqa shaharlarida o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazmalar orqali faol amalga oshirilmoqda.
Antonio Buskardiniga O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi turizm bo‘yicha faxriy elchisi etib tayinlanganini tasdiqlovchi sertifikatning topshirilishi anjumanning muhim qismi bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:09 / 28.04.2026
London markazida dunyodagi eng katta kapsulali arzon mehmonxona ochildi
18:34 / 26.04.2026
“Dacha”larning elektron bazasini yaratish va ijara narxlarini nazorat qilish rejalashtirilmoqda
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
22:05 / 23.04.2026