Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Rossiyada Telegram ofisi ochilishini rad etdi
Bir yil ichida Telegram Roskomnadzorning xizmatni Rossiya Federatsiyasiga «qo‘ndirish» bo‘yicha uchta talabidan ikkitasini bajardi, deb xabar bermoqda OAV. Messenjer asoschisi Pavel Durov «obro‘sizlantirish» haqida ma’lum qildi.
Telegram Messenger Inc. asoschisi Pavel Durov OAVni o‘z kompaniyasiga tegishli bo‘lgan messenjerni «obro‘sizlantirish bo‘yicha maqsadli kampaniya»da aybladi. Rossiyalik tadbirkor OAVda 17 iyul, payshanba kuni paydo bo‘lgan Rossiya Federatsiyasida Telegram ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlarga shunday javob berdi.
Messenjerga egalik qiluvchi kompaniyaning OAV nashrlari haqida hech qanday rasmiy izohi berilmagan, biroq Durov o‘zining shaxsiy Telegram-kanalida avvalgi postidan parchani takrorlagan, unda u servisga «OAV bosimi»ni tanqid qilgan.
«Ehtimol, biz jurnalistlarning zararsiz xatolari bilan emas, balki Telegramʼni obro‘sizlantirish bo‘yicha maqsadli kampaniya bilan shug‘ullanayotganlar ishini ko‘rayotgandirmiz», — deya o‘z so‘zlaridan iqtibos keltirgan tadbirkor «100 foiz» deya matnli eslatmani qo‘shib.
Hi-Tech Mail internet-portali shu kuni Telegram Messenger Inc. kompaniyasi Rossiyada ofis ochishi mumkinligini yozdi. Nashr e’tiborni Roskomnadzor (RKN) rasmiy veb-saytidagi reyestrda tegishli yozuvga qaratdi. Undan kelib chiqadiki, Telegramʼning «filial yaratish yoki vakolatxona ochish yoki Rossiya yuridik shaxsini tashkil etish» masalasi «tasdiqlash bosqichida».
Mavzuga oid
23:06 / 22.04.2026
Pavel Durovning Rossiyadagi kvartirasiga tergovga chaqiruv qog‘ozi keldi
21:45 / 24.02.2026
Pavel Durovga Rossiyada «terrorizmga ko‘maklashish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi
19:43 / 24.12.2025
Durov Putin 2013 yilda unga Rossiyada emas, balki xorijda biznes yuritishni maslahat berganini aytdi
10:41 / 01.12.2025