Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Adliya vazirligiga Epshteyn ishi bo‘yicha yangi materiallarni e’lon qilishni topshirdi
Epshteyn ishi bo‘yicha haqiqatni oshkor qilish, jumladan, uning mijozlari ro‘yxatini e’lon qilish va uning o‘limi tafsilotlari haqida ma’lumot berish Trampning saylovoldi kampaniyasidagi muhim va’dalaridan biri edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 17 iyul kuni adliya vaziriga Jyeffri Epshteyn ishi bo‘yicha suddagi Katta hakamlar hay’ati yig‘ilishi stenogrammasini oshkor qilishni buyurdi. Hozir bu ma’lumotlar jamoatchilik uchun yopiq. Bu haqda Tramp o‘ziga tegishli Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Jyeffri Epshteynga bo‘lgan e’tiborning bema’ni miqdorini hisobga olgan holda, men adliya vaziri Pem Bondidan suddan ruxsat olgan holda Katta hakamlar hay’atining ishga aloqador barcha hujjatlarini oshkor qilishni so‘radim. Demokratlarning bu yolg‘oni to‘xtatilishi kerak, zudlik bilan!», deb yozdi prezident.
Bunga javoban Pem Bondi: «Prezident Tramp - biz suddan Katta hakamlar hay’ati stenogrammasini maxfiylikdan chiqarishni ertagayoq so‘rashga tayyormiz», dedi.
Bunday ommaviy fikr almashish, kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Epshteyn ishi bo‘yicha tergov respublikachilar safida jiddiy ziddiyatga sabab bo‘lgan bir paytda yuzaga kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Epshteyn ishi bo‘yicha haqiqatni oshkor qilish, jumladan, uning mijozlari ro‘yxatini e’lon qilish va uning o‘limi tafsilotlari haqida ma’lumot berish Trampning saylovoldi kampaniyasidagi muhim va’dalaridan biri edi.
Shunga qaramay, iyul oyi boshida Adliya vazirligi va FQB kutilmaganda mijozlarning hech qanday ro‘yxati yo‘qligini, uning o‘zi esa o‘z joniga qasd qilgani haqida bayonot berdi. Prezident tarafdorlari bu xulosalardan norozi bo‘lib, haqiqat yashirilmoqda, deb hisobladi.
Mavzuga oid
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026
Neft narxi AQSh va Eron urushi boshlanganidan beri eng past darajaga tushdi
13:35 / 18.06.2026