Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air China O‘zbekistonga birinchi parvozni amalga oshirdi
Pekindan uchgan Boeing 737 Max 8 samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.
Xitoyning Air China aviakompaniyasi O‘zbekistonga birinchi qatnovni amalga oshirdi.
19 iyul kuni Pekindan uchgan Boeing 737 Max 8 samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Samolyot an’anaviy suv arkasi bilan kutib olindi.
Iyul oyi boshida «O‘zaviatsiya» agentligi tomonidan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga asosan, Air China aviakompaniyasiga Pekin-Toshkent-Pekin va Urumchi-Toshkent-Urumchi yo‘nalishlarida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan edi.
Air China — Xitoyning eng yirik davlat aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 1988 yilda tashkil etilgan. Kompaniya dunyoning 200 ga yaqin shahriga reyslarni amalga oshiradi. Uning havo kemalari parkida 500 dan ortiq samolyot bor.
Mavzuga oid
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
20:05 / 15.07.2026