Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp BRICS tashkilotiga tezda barham berish bilan tahdid qildi
Uning ta’kidlashicha, AQSh «hech kimga o‘zi bilan o‘ynashishga» ruxsat bermaydi, BRICS esa «tez zaiflashmoqda».
Foto: REUTERS/Tyrone Siu
AQSh prezidenti Donald Tramp BRICS mamlakatlaridan importga qo‘shimcha bojlar joriy etish bo‘yicha o‘tgan hafta aytgan tahdidini takrorladi.
Bu safar Oq uy rahbari agar ular qandaydir muhim birlashma tuzishga qaror qilsa, BRICS o‘z faoliyatini juda tez tugatishini aytdi.
«Aslida oltita davlatdan iborat bo‘lgan BRICS mamlakatlari guruhi haqida eshitganimda, ularga juda qattiq zarba berishga qaror qildim. Agar ular qachondir jiddiy tarzda shakllansa, faoliyati juda tez tugaydi», dedi Tramp.
Uning ta’kidlashicha, AQSh «hech kimga o‘zi bilan o‘ynashishga» ruxsat bermaydi, BRICS esa «tez zaiflashmoqda».
BRICS (Brazil, Russia, India, China, South Africa davlatlari nomining bosh harflaridan tuzilgan qisqartma) 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, keyinchalik unga Janubiy Afrika qo‘shilgan. 2024 yil 2 yanvar kuni unga Misr, Eron, BAA va Efiopiya qabul qilindi. O‘zbekiston ushbu tashkilotda 2025 yil 7 iyuldan beri hamkor davlat maqomiga ega.
BRICS tashkilotida nizom va bosh kotib yo‘q. Assotsiatsiya ishining yo‘nalishini belgilaydigan mamlakat har yili o‘zgaradi: 2024 yili bu Rossiya edi.
Mavzuga oid
21:51
Tramp Yevropa rasmiylarining o‘ziga yozgan xabarlarini e’lon qilib yubordi
20:07
«Imperiya ambitsiyalari yana yuzaga chiqmoqda» – Makron Davos forumida Amerikaga qarshi nutq so‘zladi
16:12
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
15:48