Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi
Klinikada charchoq, holdan toyish, hissiy beqarorlik bilan kurashayotgan yoki umuman o‘z ishining ma’nosizligini his qilayotgan odamlarga yordam beriladi.
Foto: Shutterstock
Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasida g‘ayrioddiy tibbiy xizmat - «Ishga borishni istamaslikni davolash klinikasi» ochildi. Uning maqsadi - ish bilan bog‘liq xavotir va depressiyaga qarshi kurashish.
Maxsus tibbiy xizmat Xitoy va G‘arb an’anaviy tibbiyotini birlashtirdi. Uni yaratish g‘oyasi ilgari o‘z farzandlarini «Maktabga borishni istamaslik klinikasi»da «davolatgan» ota-onalarga tegishli, deb yozdi South China Morning Post.
«Ilgari bolalar «Maktabga borishni yoqtirmayman» klinikasiga borganida, ba’zi ota-onalar ishga borishni xohlamaydigan kattalar uchun ham shunga o‘xshash xizmat bormi, deb so‘rashardi», dedi shifoxonaning uyqu va psixologiya bo‘limi direktori va klinika rahbari Yue Limin.
Klinikada charchoq, holdan toyish, hissiy beqarorlik bilan kurashayotgan yoki umuman o‘z ishining ma’nosizligini his qilayotgan odamlarga yordam beriladi. Shifokor Yue so‘zlariga ko‘ra, bunday yuzaki alomatlar ko‘pincha murakkab psixologik yoki ijtimoiy omillar tufayli yuzaga keladi.
«Bizning mutaxassis sifatidagi vazifamiz - sababni aniqlash, tizimli baholash va tashxis qo‘yish, keyin esa davolash va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashdir», dedi u.
Tashxislash jarayoni bemorlarning umumiy hissiy holatini baholash uchun suhbat va gipertireoz kabi organik kasalliklarni istisno qilish uchun maxsus tekshiruvni o‘z ichiga oladi. Keyin shifoxona har bir bemor uchun individual davolash rejasini ishlab chiqadi.
Ta’kidlanishicha, klinika butun mamlakat e’tiborini tortgan, ammo bemorlar soni hali ko‘p emas. Klinikaning ochilishi haqida xabar Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida ommaviy muhokamalar va hazillarga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
18:54 / 04.12.2025
Sirdaryo viloyatida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqariladi
17:37 / 04.12.2025
Sirdaryodagi 9 ta tuman-shahar hokimlari Xitoyga yo‘l oladi
11:22 / 04.12.2025
Makron Pekinga keldi: Ukraina urushi va savdo mojarolari muhokama qilinadi
19:03 / 02.12.2025