Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston avtomobil bozori dinamikasi bo‘yicha tahlil natijalarini e’lon qildi.
Foto: X / BYDGlobal
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil may oyiga nisbatan iyun oyida yengil avtomobillar savdosi hajmi 3 foizdan ko‘proqqa oshgan bo‘lib, bu 80 mingta avtomobil birligiga to‘g‘ri keladi.
Yoz boshida kuzatilgan muayyan darajadagi tiklanishga qaramay, joriy yilning birinchi olti oyi davomida yengil avtomobillar savdosining jami hajmi taxminan 446 ming donadan iborat bo‘ldi, bu esa 2024 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kamdir.
Bunday pasayish, asosan, savdolarning katta qismi to‘g‘ri keladigan ikkilamchi bozordagi faollikning susayishi bilan izohlanadi va aynan shu omil umumiy bozor faoliyati pasayishining asosiy sababi bo‘ldi.
Birlamchi yengil avtomobillar bozorida savdolar o‘tgan oyga nisbatan 10 foizdan ziyodga oshib, 2,6 mingta avtomobilga ko‘paydi.
Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa 23,7 ming donaga yetdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan oyga nisbatan 15,6 foizga o‘sganini ko‘rsatadi.
Yangi xorijiy yengil avtomobillari segmentida salbiy dinamika kuzatildi – oylik savdo hajmi taxminan 4 ming donani tashkil etib, o‘tgan oyga nisbatan 12,6 foizga kamaygan.
Iyun oyida 52 ming donadan ortiq foydalanilgan yengil avtomobillar sotildi, bu may oyiga nisbatan atigi 0,4 foizga kam, ikkilamchi bozorda yillik o‘sish 1,3 foizni tashkil etdi.
Iyun oyida yengil elektromobillar savdosi 5,1 ming donaga yetdi, bu may oyiga nisbatan 1,7 foizga kam. Oylik biroz kamayishga qaramay, yillik ko‘rsatkichlarda bozor barqaror dinamikani namoyon etmoqda. Birinchi yarim yillik yakunlariga ko‘ra, sotilgan elektromobillar hajmi 28,8 ming donaga yetdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 62,6 foizga ko‘pdir.
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi Sirdaryo, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etildi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025