O‘zbekiston | 20:33 / 23.07.2025
1959
2 daqiqa o‘qiladi

Yer qa’ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Huquqbuzarlik videotexnika vositalari orqali qayd etilishi hamda «Geomonitoring» tizimi orqali yuborilishi lozim.

Foto: Kun.uz

Hukumat qarori bilan «Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, huquqbuzarlik videotexnika vositalari orqali qayd etilishi hamda «Geomonitoring» tizimi orqali Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborilishi lozim.

Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

- sodir etilgan huquqbuzarlik;

- huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);

- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Foto va video materiallar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

- keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHM 1 baravari (375 ming so‘m);

- foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo‘yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid