Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Fridrix Mers va Emmanuel Makron Berlindagi uchrashuvda o‘z mudofaa vazirlariga FCAS mudofaa loyihasi atrofidagi kelishmovchiliklarni hal qilish uchun «real reja» tayyorlashni topshirdi.
Germaniya kansleri Fridrix Mers va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron avgust oyi oxirigacha Kelajakdagi jangovar havo tizimi (Future Combat Air System, FCAS)ni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish niyatida, deb xabar berdi dpa 24 iyul, payshanba kuni.
Germaniya hukumati vakili Shtefan Korneliusning so‘zlariga ko‘ra, Berlindagi uchrashuv chog‘ida Mers va Makron o‘z mudofaa vazirlariga «FCAS loyihasi doirasida keyingi hamkorlikdagi ishlarning real istiqbollarini baholash va bu borada mavjud nizolarni hal qilish bo‘yicha takliflar kiritish»ni topshirgan.
Germaniya Fransiyaning Dassault mudofaa kompaniyasidan «mavjud kelishuvlarga amal qilishini» kutmoqda, deb yozadi dpa. Ushbu kompaniya, shuningdek, Airbus Deutschland va Ispaniyaning Indra kompaniyalari loyihada uchdan bir teng ulushda ishtirok etishi kerakligi tushuniladi. Ayni paytda, ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Dassault loyihadagi ulushini 80 foizga oshirmoqchi, bu Germaniya uchun nomaqbuldir.
Dpa ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning Tulon shahrida 28 va 29 avgust kunlari Fransiya va Germaniya hukumatlarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. FCAS loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik shu sanagacha hal etilishi kerak.
Mavzuga oid
10:35 / 08.07.2026
Germaniya mudofaa uchun rekord mablag‘ ajratadi
11:05 / 07.07.2026
Kanada Germaniyadan 12 ta zamonaviy suvosti kemasini sotib oladi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
08:52 / 02.07.2026