Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Shundan so‘ng, kema sotiladi yoki utilizatsiya qilinadi.
Rossiyaning «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchisi tez orada konservatsiya qilinadi, deb yozdi «Izvestiya».
Shundan so‘ng kema sotiladi yoki utilizatsiya qilinadi. Barcha muhim uskunalar va mexanizmlar olib tashlanadi - ulardan boshqa kemalarda foydalanish rejalashtirilmoqda. Korpus uzoq vaqt saqlashga tayyorlanadi, barcha suv olish qurilmalari esa payvandlab tashlanadi.
«Admiral Kuznetsov» 7 yildan beri ta’mirlanmoqda va endi ta’mirlash va modernizatsiya qilish to‘xtatiladi, ekspertlarning fikricha, ularni davom ettirishdan ma’no yo‘q. Aviatashuvchi 40 yoshdan oshdi va uni armiyada ushlab turish juda qimmatga tushadi.
Konservatsiyadan so‘ng kemada kichik ekipaj qoladi - taxminan 150-200 kishi. Ular kemaning holatini kuzatib boradi. Ilgari aviatashuvchida 2200 ga yaqin dengizchi xizmat qilgan.
Nashr suhbatlashgan harbiy ekspert kemani konservatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorni to‘g‘ri deb hisobladi. Sarflangan va hali sarflanishi kerak bo‘lgan pullarni boshqa ishlarga ishlatgan ma’qul.
«Admiral Kuznetsov» hisobdan chiqarilgandan so‘ng Rossiya yagona aviatashuvchisidan ayriladi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yangi aviatashuvchilarni qurishga shoshilmaslik kerak - buning uchun hozircha asosli sabablar yo‘q.
2025 yil holatiga ko‘ra, dunyoda atigi 10 ta davlat aviatashuvchi kemaga ega. Eng yirik flot AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi – 11 ta kema. Shuningdek, Xitoy armiyasida 3 ta, Buyuk Britaniya, Hindiston va Italiyada 2 tadan, Fransiya, Ispaniya, Tailand va Turkiyada 1 tadan aviatashuvchi kema bor.
Mavzuga oid
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
20:37 / 30.04.2026
Dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kema rekord darajadagi missiyadan so‘ng uyiga qaytadi
13:09 / 02.03.2026
AQSh: raketalar aviatashuvchiga yaqinlashmadi, operatsiya davom etmoqda
07:29 / 04.02.2026