Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 180 ta iPhoneʼni yashirin olib o‘tayotganlar ushlandi
“Navoiy” chegara bojxona posti: yo‘lovchilar tana qismiga va yuklar orasiga yashirilgan 180 dona iPhone fosh etildi.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik va Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Navoiy” chegara bojxona posti orqali mobil uyali aloqa vositalarini noqonuniy tarzda olib kirishga uringan 4 nafar shaxs to‘xtatib qolindi.
Tadbir davomida qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqarolar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida ularning bel qismi va qo‘l yuklari orasiga jami 180 dona iPhone rusumli uyali aloqa vositalari xufiyona tarzda berkitilgani ma’lum bo‘ldi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan mazkur telefonlarning umumiy qiymati, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 mlrd 80 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
09:05 / 12.06.2026