Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Angren şahri bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.Yu. (muqaddam sudlangan), M.A. va Z.A. fuqaro A.D.ga 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 80 ming AQŞ dollarini 40 ming dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, Departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.Q. fuqaro R.B.ga 100 dollarlik kupyuralardagi qalbaki 40 ming AQŞ dollarini 28 ming dollarga sotişga kelişib, şundan 10 ming dollarini sotgan vaqtida qölga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















