Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Migrantlarni ishlash uchun ruxsatnomasiz jalb qilgan ish beruvchilarga qo‘shimcha majburiyatlar yuklandi.
Turkiyada 23 iyuldan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan yangi reglament kuchga kirdi. Hujjat migrantlarni ishlash uchun ruxsatnomasiz jalb qilgan ish beruvchilarning javobgarligini kuchaytiradi.
Yangi qoidaga ko‘ra, ish beruvchilar ularni deportatsiya qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, jumladan, ta’minot, turar joy, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va repatriatsiyani o‘z zimmalariga oladi. Bundan tashqari, agar chet ellik oila a’zolari bilan birga hibsga olinsa, ish beruvchi ularning xarajatlarini ham to‘laydi.
Deportatsiya tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, ish beruvchilardan xodimlar va ularning oilalarini deportatsiya markazlarida uch oygacha muddatda saqlash uchun kompensatsiya undiriladi. Sutkalik xarajatlar miqdorini migratsiya boshqarmasi belgilaydi.
Ta’kidlanishicha, ushbu chora yashirin bandlik va ro‘yxatdan o‘tmagan migratsiyaga qarshi qaratilgan.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
20:27 / 26.06.2026