Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainadagi urush qachon tugashi kerakligini belgiladi
Donald Tramp e’lon qilgan 10 kunlik muhlat 8 avgustda tugashi aytildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp aniq ma’lum qilganidek, Ukrainadagi urush 8 avgustga qadar to‘xtatilishi kerak. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi AQSh doimiy vakili Jon Kelli aytdi. RBK uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
«Rossiya ham, Ukraina ham o‘t ochishni to‘xtatish va mustahkam tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishib olishi kerak. Bitim tuzish vaqti keldi. Prezident Tramp bu 8 avgustgacha amalga oshirilishi kerakligini aniq aytdi. Qo‘shma Shtatlar tinchlikni ta’minlash uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga tayyor», dedi u BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida.
8 avgustda Tramp tomonidan Rossiyaga nisbatan o‘rnatilgan 10 kunlik ultimatum muddati tugaydi. Ushbu muddat tugagach, AQSh prezidenti mojaroni hal qilishda oldinga siljish bo‘lmasa, Rossiya va uning savdo hamkorlariga nisbatan «taxminan 100 foiz» ikkilamchi bojlar joriy etishga va’da bergan.
Kreml Trampning bayonotlarini ma’lumot uchun qabul qilganini aytdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya iqtisodiyoti «ulkan miqdordagi sanksiyalar» ostida ishlashda davom etayotgani va ularga qarshi «muayyan immunitet» hosil qilganini ta’kidladi.
Ultimatumdan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qoldi.
Mavzuga oid
22:32 / 07.07.2026
AQSh 100 yil ichida birinchi marta dumaloq bo‘lmagan tanga chiqaradi
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026