Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy qilindi
Shuningdek, amaldagi bojlarning qiymati oshirildi.
Prezident Vladimir Putin 2025 yil sentabr oyidan boshlab Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etilishi, ilgari amalda bo‘lgan bojlar qiymati esa oshirilishi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Jumladan, 1 sentabrdan boshlab, chet el fuqarolarini yashash joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun 500 rubl, shuningdek, vaqtincha bo‘lish muddatini uzaytirish uchun 1 ming rubl miqdorida yig‘im joriy etiladi.
Bundan tashqari, patent berish yoki qayta rasmiylashtirish uchun 4,2 ming rubl miqdorida boj amal qila boshlaydi.
Ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun migrantlar 4,2 ming rubl, uning dublikatini berish yoki ruxsatnomaga tuzatishlar kiritish uchun esa 2,1 ming rubl to‘lashi kerak bo‘ladi.
Ushbu qonun loyihasi iyul oyi boshida Davlat Dumasiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan edi. Tushuntirish xatida aytilishicha, davlat bojlari qiymati 2014 yilda o‘rnatilgan va shundan beri o‘zgarmagan. Shuningdek, «sezilarli migratsiya oqimlari» sharoitida chet el fuqarolarining Rossiyada bo‘lishini nazorat qilish ishlari «alohida ahamiyatga ega» ekani ta’kidlangan.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026