Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
AQSh prezidenti Donald Tramp aybdor deb topilganidan uch yil o‘tib, yozuvchi va jurnalist Elizabet Jin Kerrollga jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollardan ortiq pul to‘ladi.
Reuters xabariga ko‘ra, Oq uy rahbarining e’tirozlariga qaramay, okrug sudyasi sud nazorati ostidagi hisobvaraqdan pulni o‘tkazishga ruxsat berganidan so‘ng, pul jabrlanuvchining yuridik firmasiga o‘tkazildi.
2023 yilda hakamlar hay’ati Kerrollga 5 million dollar to‘lanishi haqida qaror chiqardi, garchi Tramp 1996 yilda Manhettendagi Bergdorf Goodman kiyim-kechak do‘konida uni zo‘rlaganini isbotlanmagan bo‘lsa-da. Shundan so‘ng yozuvchi prezidentga qarshi 88,3 million dollarlik boshqa fuqarolik da’volarida ham g‘alaba qozondi.
Tramp Kerrollning bayonotlarini yolg‘on deb atadi va u bilan tanish ekanini rad etdi. Prezident u o‘z kitobini sotish uchun zo‘rlanganini o‘ylab topganini aytdi va uning ishini «qurol ishlatish va huquqiy urush» deb masxara qildi.
Elizabet Jin Kerroll olingan pulni pensiya hisob raqamiga qo‘yishini va keyinchalik uni xayriya qilishi mumkinligini aytdi.