Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada uy internetiga talab keskin o‘sdi
Rossiyada yozda uy interneti va Wi-Fi tarmog‘iga ulanish vaqti «g‘ayritabiiy darajada yuqori» talab tufayli ko‘paydi, ularning ko‘tarilishi ba’zi hududlarda mobil internet ishida uzilishlar boshlanganiga to‘g‘ri keldi.
Mobil internetning tez-tez uzilishi fonida Rossiyada uy interneti va Wi-Fi'ga «anomal darajada yuqori» talab kuzatildi, bu esa ulanish vaqtlarining oshishiga olib keldi. Bu haqda federal va mintaqaviy provayderlarning simli internet uchun 2500 dan ortiq arizalari tahlil qilingan "101 Internet" xizmati tadqiqotiga tayanib, «Vedomosti» gazetasi xabar berdi.
Loyiha asoschisi Aleksey Levochkinning so‘zlariga ko‘ra, yozda odatda bunday so‘rovlar mavsumiy ravishda kamayib boradi, bu yil esa «g‘ayritabiiy o‘sish» kuzatilgan. «Ba’zi hududlarda ulanishlar soni bir necha barobar oshdi. Shu bilan birga, dinamika notekis bo‘ldi: ba’zi hududlarda talab pasaygan bo‘lsa, boshqalarida keskin o‘sish mobil aloqa uzilishlari boshlanishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi», — dedi Levochkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, iyun-iyul oylarida deyarli har to‘rtdan bir holatda (24,9 foiz) so‘rovdan so‘ng 30 kundan ortiq xizmat ko‘rsatilgan. Eng ish ko‘p haftalarda ulanish davri 40-50 kungacha cho‘ziladi, dedi Aleksey Levochkin.
Uy internetiga ulanish uchun so‘rovlarning ko‘payishi "Megafon" va "Transtelekom" tomonidan tasdiqlandi, ammo ular barcha so‘ralgan xizmatlarni o‘z vaqtida taqdim etishini bildirdi. "Rostelekom"ning xabar berishicha, so‘nggi oylarda rossiyaliklar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12-15 foizga ko‘proq simli internetga ulanish haqida so‘ray boshladi.
Mavzuga oid
22:16 / 11.06.2026
Routerni qanchalik tez-tez qayta ishga tushirish kerak: ko‘pchilik unutadigan qoida
09:45 / 09.05.2026
Wi-Fi router «o‘layotganini» va yangisini sotib olish zarurligini qanday bilish mumkin?
15:41 / 13.03.2026
Davlat dumasida mobil internet va Wi-Fi yo‘qolib qoldi
14:55 / 07.10.2025